Tongue Drum (Glyukofon) — po‘latdan tayyorlangan zamonaviy melodik zarbli musiqa asbobi. Asbobning yoqimli va muloyim ohangi ruhiy xotirjamlik yaratadi hamda meditatsiya va relaksatsiya uchun juda mos keladi.
6 ta nota bilan jihozlangan ushbu model boshlovchilar va bolalar uchun ham qulay hisoblanadi. Uni maxsus tayoqcha yoki qo‘l yordamida chalish mumkin. Ixcham o‘lchamlari tufayli uni istalgan joyga olib yurish oson.
To‘plam tarkibiga Tongue Drum va maxsus tayoqcha kiradi.
Hususiyatlari
• Turi: Tongue Drum (Glyukofon)
• Materiali: Po‘lat
• Notalar soni: 6 ta
• Rang: Moviy
• Diametri: 8 sm
• Balandligi (qalinligi): 4 sm
• Tayoqcha uzunligi: 11 sm
• Chalish usuli: Tayoqcha yoki qo‘l bilan
• Qo‘llanilishi: Meditatsiya, relaksatsiya, musiqa mashg‘ulotlari
• To‘plam tarkibi: Tongue Drum, tayoqcha

