Tonal krem rangini tanlash qiyinmi? TVLV tonal krem-stigi surtilib, yoyilganda terining tabiiy tusiga moslashadi. Stik ichidagi krem oq rangda bo‘ladi, yuzga yoyilgach esa tonal tusga kirib, yuz rangini tekislashga va ko‘rinadigan mayda kamchiliklarni yashirishga yordam beradi.
Avval oq — keyin yuzingizga mos tus! Mahsulotni oz miqdorda surting va o‘rnatilgan cho‘tka bilan yoying. Teri harorati ta’sirida formula o‘z rangini namoyon qiladi. Kremli tekstura bir tekis tarqaladi, niqob effektisiz qoplama hosil qiladi va terini namlaydi. Uzoq saqlanadigan tonal qoplama kun davomidagi makiyaj uchun qulay.
O‘zingizga mos rangni tanlang:
• 01 Ivory — fil suyagi. Och teri uchun, chinni kabi och tus va yaltiroq jilo beradi.
• 02 Natural — tabiiy. Yuzning tabiiy tusiga yaqinroq natija va tabiiy ko‘rinish uchun.
Tonal vosita va cho‘tka bitta korpusda: bir tomonida krem-stik, ikkinchi tomonida uni yoyish uchun cho‘tka joylashgan. Alohida cho‘tka olib yurish shart emas. Ixcham stik kosmetichkaga sig‘adi, ishda, uchrashuv oldidan yoki safarda makiyajni yangilashga yordam beradi.
Odatdagi tonalniy krem yoki tonalka rangi yuzingizga mos kelmasa, rangga moslashuvchi TVLV tonal stikni sinab ko‘ring. Istagan natijangizga qarab 01 Ivory yoki 02 Natural rangini tanlang.
Qo‘llash usuli: yuzga qisqa chiziqlar bilan oz miqdorda surting. Cho‘tka yordamida yuz markazidan chetlarga qarab bir tekis yoying. Jag‘ chizig‘i va yuz chetlarida keskin rang chegarasi qolmasligiga e’tibor bering.
Formula tarkibidagi komponentlar orasida poliizobuten, mineral moy, jojoba moyi va izopropil palmitat mavjud.
Brend: TVLV.
Sof og‘irligi: 15 g.
To‘plam: o‘rnatilgan cho‘tkali tonal stik, himoya qopqoqlari va alohida quti.

