“Gannibal”
Sirli, qorong‘i va hayajonga boy asarlarni yoqtirasizmi? Unda “Gannibal” siz uchun ayni muddao!
Bu kitobda dunyodagi eng mashhur va eng xavfli qahramonlardan biri — Gannibal Lekterning aql bovar qilmas o‘yinlari, murakkab psixologiyasi va keskin voqealari tasvirlangan. Har bir sahifa sizni yangi jumboqlar va kutilmagan burilishlar bilan hayratda qoldiradi.
Saxifa-462
Muqova qattiq
Voqealar rivoji o'quvchiga yovuz jinoyatchilarning ichki olami, qarashlari, o'ziga xos jihatlarini tanitadi. Seriyali qotilliklar sodir etgan noma'lum shaxs ortidan tushgan jasur va qat'iyatli kursant qiz Kleris Starling qo'lga kiritgan dalillar yechimi va mantiqiy xulosalari, umuman olganda igna bilan quduq qazishdek murakkab izlanishlari oxir-oqibatda, o'z samarasini beradimi? Kasbi tikuvchi bo'lgan qotil erkak nega faqat aynan ayollarni qurbon sifatida tanladi? Kursant qizning tushlariga bot-bot kirib bezovta qiluvchi, bolalikdagi ruhiy olami og'riqlaridan meros - tun zulmatidagi qo'zichoqlarning zorlanib ma' rashi barham toparmikan?
Asarning shiddatli, qo'rqinchli, kutilmagan burilishlarga boy zavqli mutolaasi orqali ana shu savollarga javob topishingiz mumkin.
Saxifa-430
Muqova qattiq
«Qizil ajdarho»
Federal qidiruv byurosi ruhiy xasta jinoyatchilar shifoxonasida hibsda saqlanayotgan ruhshunos shifokor Gannibal Lekterning yordamiga muhtoj. Qobiliyatli izquvar Uill Grexem "Qotilni qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib, Amerika Qo'shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishda yordam beradi. Axir o'zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo'la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko'chaga kirib qolgan, mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishga rozi bo'lishi mumkin? Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to'ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo'ladi. U Federal qidiruv byurosi izlayotgan jinoyatchini qo'lga olib, o'zidanda aqlliroq qotil yo'qligini isbotlamoqchi bo'ladi.
Psixologik triller janri bo'yicha eng yaxshi asarlar ro'yxatidan joy olgan jahon bestselleri "Qizil ajdarho" muallifi "The Washington Post" nashri tomonidan "Hech bir yozuvchi inson qalbida ildiz otgan zulmatni Harrisdan ko'ra chuqurroq va xolisroq yorita olmagan va yarata olmaydi ham", deya e'tirof etilgan. Stiven King esa "Harrisning trillerlarini mutolaa qilish go'yo qo'lning muzdek ipak uzra ohista harakatlanishiga o'xshaydi", deya ijobiy fikr bildirgan.
Saxifa-448
Muqova qattiq

