TOM FORD LOST CHERRY — SHIRINLIK, JOZIBA VA LUX IFORNING UYG‘UNLIGI!
Tom Ford Lost Cherry — qora gilosning shirali ifori, bodomning mayin achchiqligi va iliq, nafis akkordlarni birlashtirgan o‘ziga xos parfyum. Uning shirin va biroz nordon mevali ifori gul notalari bilan uyg‘unlashib, jozibali va esda qolarli taassurot qoldiradi.
Ushbu atir shirin, mevali va iliq iforlarni yoqtiradigan, o‘z uslubi bilan ajralib turishni istaydigan insonlar uchun ajoyib tanlovdir. Romantik uchrashuvlar, kechki tadbirlar va kundalik foydalanishda o‘ziga xos kayfiyat bag‘ishlaydi. TOM FORD LOST CHERRY — ayollar va erkaklar uchun uniseks atiri.

