Ayollar uchun mo‘ljallangan taroq barcha turdagi sochlar uchun kompleks parvarish ta’minlaydi. Sochlarni silliq, yumshoq va yaltiroq qiladi, tarashni osonlashtiradi hamda tez va chiroyli ukladka qilishga yordam beradi.
Taroq to‘g‘ri, jingalak, to‘lqinli, sun’iy qo‘shilgan, mo‘rt va shikastlangan sochlar uchun mos. Yumshoq silikon tishchalari eng nozik tolalarni ham ehtiyotkorlik bilan taraydi, bosh terisini shikastlamaydi va noqulaylik tug‘dirmaydi. Antistatik ta’siri sochlarning elektrlanishini oldini oladi.
Shamollatiladigan (produvna) tuzilmasi tufayli taroq fen bilan quritish va ukladka qilish uchun juda qulay. U bosh terisini massaj qilib, qon aylanishini yaxshilaydi, hujayralar yangilanishiga va soch o‘sishini tezlashishiga yordam beradi.
Ergonomik, sirpanmaydigan tutqichi qo‘lda qulay ushlanadi. Yengil va ixcham bo‘lgani uchun sayohat, ish yoki sport zalga olib yurish oson.
Shuningdek, taroq mushuk va itlarning junini parvarish qilish uchun ham mos keladi.

