Tobacco Vanille — boy, iliq va o‘ziga xos aromatni yoqtiradiganlar uchun jozibali parfyum. Dastlab tamaki bargi va ziravorlarning chuqur ifori seziladi. Keyinchalik vanil va kakao aromatga mayin shirinlik va iliqlik qo‘shadi.
Bazaviy qismdagi quritilgan mevalar, yog‘ochsimon notalar va vanil parfyumga boy va uzoq davom etuvchi taassurot beradi. Ayniqsa kuz-qish mavsumida, kechki paytlar va maxsus uchrashuvlar uchun juda mos.
🍂 Aromat yo‘nalishi: shirin, ziravorli, tamakili, vanilli
👫 Kimlar uchun: unisex — ayollar va erkaklar
🌙 Mos: kechki foydalanish, uchrashuv, tadbir
💧 Format: Raspiv
Tobacco Vanille — iliq vanil, nafis tamaki va ziravorlarning unutilmas uyg‘unligi. ✨

