Mahsulotning to’liq tavsifi
Tissot Automatic Skeleton — ochiq mexanizmli klassik uslubdagi avtomatik qo’l soati. Skeleton siferblati mexanizmning harakatini yaqqol namoyish etadi va soatga o’ziga xos ko’rinish bag’ishlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
• Avtomatik mexanik mexanizm (Automatic)
• Skeleton ochiq siferblat dizayni
• Siferblat diametri: 36 mm
• Korpus diametri: 41 mm
• Korpus qalinligi: 13 mm
• Qo’lda taqilgandagi uzunligi: 22.5 sm
• Soatning umumiy uzunligi: 31 sm
• Remeshok kengligi: 20 mm
• Soat og’irligi: 128 g
• Remeshok materiali: Po’lat
• Korpus materiali: Metall qotishma
• Siferblat ranglari: Yashil, Ko’k, Qora, Oq
• Shaffof orqa qopqoq orqali mexanizm ko’rinadi.
• Taqdimot qutisi va sovg’a paketi bilan yetkazib beriladi.
Kundalik foydalanish, ish uchrashuvlari va maxsus tadbirlar uchun mos tanlov. Klassik va zamonaviy uslubni birlashtirgan dizayn har qanday obrazni chiroyli to’ldiradi.
Soatdan foydalanish tartibi
Soatni birinchi marta ishlatishdan oldin tojini 10-20 marta aylantirib mexanizmni ishga tushiring.
Soat qo’lda taqilganda qo’l harakati hisobiga avtomatik ravishda quvvatlanadi.
Bir necha kun taqilmasa, foydalanishdan oldin yana qo’lda aylantirib ishga tushirish tavsiya etiladi.
Vaqtni sozlash uchun tojni ehtiyotkorlik bilan tortib, kerakli vaqtni belgilang.
Kuchli zarba, magnit maydon va yuqori harorat ta’siridan saqlang.
Po’lat remeshok va korpusni yumshoq quruq mato bilan muntazam tozalab turing.

