Sport kapasi mashg‘ulot va musobaqalar vaqtida tish, milk va jag‘ni himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Boks, MMA, kikboksing, karate, taekvondo va boshqa kontakt sport turlari uchun mos keladi.
Kapa maxsus termoplastik materialdan tayyorlangan bo‘lib, issiq suv yordamida tish shakliga moslashadi. Og‘izda mustahkam turadi va mashg‘ulot vaqtida qulay nafas olish imkonini beradi.
✔ Tish va jag‘ni ishonchli himoya qiladi
✔ Individual shaklga moslashadi
✔ Yumshoq amortizatsiya qatlami
✔ Qulay va yengil
✔ Barcha kontakt sportlar uchun mos


