


Ko‘p funksiyali devor organayzeri tish cho‘tkalari, tish pastasi va hammom aksessuarlarini bir joyda qulay saqlash uchun mo‘ljallangan.
Old qismida 4 ta tish cho‘tkasi uchun alohida joy mavjud. Pastki qismdagi 5 ta qo‘shimcha ilgakka ustara, soch rezinkasi va boshqa yengil buyumlarni osish mumkin.
Mexanik dozator tish cho‘tkasini pedalga bosish orqali kerakli miqdorda pasta chiqarishga yordam beradi. Tish pastasi tubigi qurilmaning yuqori qismidagi maxsus joyga o‘rnatiladi.
UV funksiyasi korpusdagi yumaloq tugma orqali boshqariladi. Ishga tushirilganda kichik oq indikator yonadi. Qurilmaning ichki qismida ko‘k dekorativ yoritish mavjud emas.
Quvvatlash imkoniyatlari:
Old qismida quyosh paneli mavjud
Yon tomonda USB quvvatlash porti joylashgan
USB kabel komplektga kiradi
Quvvat adapteri komplektga kirmaydi
Devorga o‘rnatish:
Silliq yuzani tozalang va quriting.
Shaffof yopishtirgich plastinasini devorga mahkam yopishtiring.
Qurilmaning orqa relslarini plastinadagi 2 ta tutqichga yuqoridan tushirib mahkamlang.
Afzalliklari:
4 ta tish cho‘tkasi uchun joy
5 ta qo‘shimcha ilgak
Mexanik tish pastasi dozatori
UV funksiyasi
Oq ish indikatori
Quyosh paneli
USB orqali quvvatlash
Burg‘ulashsiz o‘rnatish
Ixcham o‘lcham: 19,5 × 9 × 5 sm
Komplekt:
1 ta tish cho‘tkasi ushlagichi
1 ta shaffof yopishtirgichli devor plastinasi
1 ta USB kabel
1 ta karobka
Tish cho‘tkalari, tish pastasi va rasmlardagi boshqa aksessuarlar komplektga kirmaydi.

