Uy tozalash endi yanada oson!
Ko'p funksiyali tirqish tozalash cho'tkasi oshxona rakvinasi, gaz plitasi atrofi, kran, deraza romlari, plitkalar oralig'i, hammom va boshqa tor joylarni chuqur tozalash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Cho'tkaning qalin PET qattiq tuklari kirlarni chuqur tozalaydi va deformatsiyalanmaydi. Ingichka cho'tka boshi eng tor tirqishlarga ham bemalol kiradi.
Mahsulotning orqa qismida joylashgan metall qirg'ich yordamida qotib qolgan yog', ohak, sovun qoldig'i va eski kirlarni oson qirib tashlash mumkin.
Ergonomik uzun tutqich qo'lda sirpanmaydi va tozalash vaqtida qulaylik yaratadi. Maxsus ilgagi tufayli foydalanilgandan keyin devorga osib saqlash mumkin.
Uy, oshxona, hammom, hojatxona, balkon, deraza romlari va boshqa ko'plab joylarni tozalash uchun ideal tanlov.

