Misr xinasidan tayyorlangan 100% tabiiy kukun xina yordamida tirnoqlarni nafaqat bo‘yash, balki mustahkamlash ham mumkin. Tirnoq uchun xina tirnoq tuzilmasini tiklaydi, ularning o‘sishini tezlashtiradi. Bu xinaning tabiiy tarkibi bilan izohlanadi.
Xina tarkibidagi dubillovchi moddalar tirnoq hujayralariga chuqur kirib boradi, modda almashinuvini yaxshilaydi va mahalliy immunitetni oshiradi. Shuningdek, xina zamburug‘ga qarshi xususiyatga ega.
Muhim jihati shundaki, xina suv o‘tkazadi, shu sababli tahorat va namozga halal bermaydi. Polirovka qiluvchi pilka yordamida juda chiroyli va yaltiroq effektga erishish mumkin.
Bitta bankacha 30 martagacha yetadi, ta’siri 1 oygacha saqlanadi.
Hajmi: 10 g.
Bu kosmetik mahsulot tirnoqlar, qoshlar va soqolni bo‘yash uchun ham mos.
8-mart, tug‘ilgan kun uchun a’lo sovg‘a hisoblanadi.

1️⃣ Tirnoqlarni cho‘tka va suyuq sovun bilan yaxshilab tozalang. Tirnoqlarda krem, moy yoki ter qolmaganiga ishonch hosil qiling. So‘ng qo‘llarni va tirnoqlarni quriting.
2️⃣ Shisha idishga 1 osh qoshiq xina kukuni soling, ustiga ½ osh qoshiq 60–80°C issiq suv qo‘shib, bir xil quyuq massa hosil bo‘lguncha aralashtiring. Massani bir necha daqiqaga qoldiring.
3️⃣ Kutikulalarning bo‘yalib ketmasligi uchun ularni ozgina vazelin bilan surting.
4️⃣ Maxsus spatula yoki mato yordamida xina massasini tirnoq yuzasiga qalin qatlam qilib surting, kutikulaga tegmasligiga e’tibor bering.
5️⃣ 3–5 daqiqa kuting, so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang. Kerak bo‘lsa, tirnoq cho‘tkasidan foydalaning. Shu tartibda barcha tirnoqlarni bo‘yab chiqing.
6️⃣ Oxirida qo‘llarni quriting va zamsha mato yoki polirovka pilkasi bilan tirnoqlarni sayqallab, yaltiroq ko‘rinish bering.
🔸 Ushbu usul tirnoqlarga yengil shaftoli rang beradi. Rangni kuchaytirmoqchi bo‘lsangiz, xinani tirnoqlarda yana 1–2 daqiqa ushlab turing.

