O‘sadigan ruchka (urug‘li ruchka) 🌱
Innovatsion va ekologik ruchka — ishlatib bo‘lgach, ichidagi urug‘ni ekib, o‘simlik yetishtirish mumkin.
Xususiyatlari:
2 funksiyali: yozish va o‘simlik o‘stirish
Ichida urug‘ kapsulasi mavjud
Ekologik va foydali mahsulot
Original va estetik dizayn
Qanday ishlatiladi:
1.Ruchkaning yuqori qismidagi kapsulani ehtiyotkorlik bilan oching.
2.Ichidagi qopqoq va ustki yumshoq qatlamni olib tashlang.
3.Urug‘lar pastga tushib ketmaganini tekshiring — barcha urug‘lar gubka ustida bo‘lishi kerak. Agar tushib ketgan bo‘lsa, ularni yana gubka ustiga joylashtiring.
4.Kapsulaga oz miqdorda suv quying. Suv darajasi faqat gubkagacha yetishi kerak.
5.Muhim: suv urug‘larni to‘liq bosib ketmasin. Urug‘lar suv ichida qolsa, havo ololmaydi va unmay qolishi mumkin.
6.Agar suv gubkagacha chiqmasa, gubkani yengil bosib namlanishiga yordam bering.
7.Keyingi kunlarda gubka doim nam holatda turishi kerak. Buning uchun oz-ozdan suv qo‘shib turing yoki purkagich bilan namlab turing.
Kapsulani iliq va yorug‘ joyga qo‘ying. To‘g‘ridan-to‘g‘ri juda kuchli quyosh ostida qoldirmaslik tavsiya etiladi.
Odatda 3 kun atrofida ilk nihollar ko‘rina boshlaydi.
8. 5–7 kun ichida yashil o‘simlik o‘sib chiqadi. O‘sish tezligi xona harorati va parvarishga qarab farq qilishi mumkin.
Tavsiya:
Eng yaxshi natija uchun kapsulani taxminan 20°C atrofidagi iliq muhitda saqlang va namlikni muntazam nazorat qiling.

