Aglaonema — nafis naqshli barglari bilan ajralib turadigan tirik uy o‘simligi. Havoni tabiiy tozalab, xonaga tetiklik va chiroy bag‘ishlaydi. Parvarishi juda oson: soyali yoki yarim soyali joylarni yaxshi ko‘radi, tez so‘lib qolmaydi va namlikni yaxshi ushlab turadi. 30–50 sm balandlikdagi kompakt guli uy, ofis, qahvaxona, salon va interyer dekor uchun juda mos. Uzoq umr ko‘radigan o‘simlik bo‘lib, barglarining rang-barangligi uyga o‘ziga xos ko‘rk beradi.
Yarim soyada yaxshi o‘sadi.
Haftasiga 1–2 marta sug‘oring
Tuproq biroz nam bo‘lsin
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh tushmasin
Harorat: 18–28°C

