TimeWise Repair™ Volu-Firm™ SPF 30 kunduzgi kremi tarkibidagi eksklyuziv Volu-Firm™ kompleksi yordamida terini zararli UVA/UVB ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. U terida qora dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keluvchi jarayonlarni kamaytirishga, terining tashqi ta’sirlarga bo‘lgan sezgirligini pasaytirishga hamda kollagen va elastinning qattiqlashishiga sabab bo‘luvchi glikatsiya jarayoniga qarshi kurashishga yordam beradi. Natijada teri yanada tarang, elastik va sog‘lom ko‘rinadi.
Afzalliklari:
- Sezgir teri uchun mos.
- Xushbo‘y hid beruvchi qo‘shimchalarni o‘z ichiga olmaydi.
- Yog‘li qo‘shimchalarni o‘z ichiga olmaydi.
- Nokomedogen – teshikchalarni berkitmaydi.
- Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tkazilgan.4 haftalik mustaqil iste'molchilar tadqiqoti natijalariga ko‘ra*, ayollarning aksariyati Volu-Firm™ SPF 30 kunduzgi kremi terini darhol namlashi, qulaylik hissini ta’minlashi, yosh ko‘rinishdagi taranglikni tiklashga va bo‘yin terisini taranglashtirishga yordam berishini ta’kidlagan.
- Shuningdek, tadqiqot ishtirokchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi:
- Chuqur ajinlar ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi — 70%
- Bo‘yin terisining bo‘shashishi ko‘rinishini kamaytirishga yordam beradi — 74%
- Terining tarangligini tiklashga yordam beradi — 80%
- Teri rangini yanada tekis ko‘rinishga keltirishga yordam beradi — 82%
- * Natijalar 181 nafar ayol ishtirok etgan 4 haftalik mustaqil iste'molchilar tadqiqoti asosida olingan. Ishtirokchilar mahsulotni tadqiqot davomida har kuni ertalab bir marta qo‘llagan. Foizlar keltirilgan fikrlar bilan rozi bo‘lgan ayollar ulushini ifodalaydi.