Tibbiyot kitobi, Lotin tili va tibbiy terminologiya, S.SH. Rustamova
Kitob nomi: Lotin tili va tibbiy terminologiya
Mualliflar: S.Sh. Rustamova, M.A. Savdullayeva, R. Abdullayeva
Xarakteristika:
Ushbu darslik tibbiyot sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, lotin tili asoslari va tibbiy terminologiyani tizimli va tushunarli tarzda o‘rgatishga qaratilgan. Kitobda lotin tilining fonetikasi, grammatik qoidalari, so‘z yasalishi va ularning tibbiyotdagi qo‘llanilishi izchil yoritilgan.
Asarda anatomiya, farmakologiya, klinik fanlar va boshqa tibbiy yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladigan terminlarning kelib chiqishi, tuzilishi va ma’nolari batafsil tushuntiriladi. 8000 dan ortiq tibbiy so‘z va iboralar, 300 dan ziyod amaliy mashqlar berilgan bo‘lib, ular talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Darslik sodda va aniq tilda yozilgan bo‘lib, murakkab terminlarni tez va oson o‘zlashtirish imkonini beradi. Kitob tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari, kollej va texnikum o‘quvchilari, shuningdek, tibbiy terminologiyani chuqur o‘rganishni istagan barcha kitobxonlar uchun foydalidir.

