Soqolli va badqovoq sartarosh Noks o‘z hayotini xuddi qahva ichganidek o‘tkazishni ma’qul ko‘radi: yolg‘iz. Agar uning basset zotli iti Ueylonni hisobga olmasak, albatta. Noks o‘zini dramadan olib qochadi, hatto u to‘yidan qochib kelgan kelin ko‘rinishida bo‘lsa ham. Naomi shunchaki to‘yidan qochayotgani yo‘q edi. U uzoq vaqtdan beri ko‘rishmagan egizagini qutqarish uchun Virjiniya shtatining Nokemaut shahriga yo‘l olgandi. Bu — kelishmovchiliklar eskicha usulda, ya’ni musht va pivo bilan hal qilinadigan dag‘alroq shaharcha edi. Odatda, shu tartibda. Afsuski, Naomining yovuz egizagi sira o‘zgarmagan ekan. U Naomining mashinasi va pullarini o‘zlashtirib olgach, ortidan kutilmagan bir “sovg‘a” qoldirib ketadi: Naomi o‘zi bilmagan jiyanini. Endi u bu shaharda mashinasiz, ishsiz, rejasiz va uysiz qolib ketdi. Boz ustiga, o‘n bir yoshida o‘ttiz yoshlardagidek gapiradigan qizaloq ham uning qaramog‘ida. Noksning muammolardan va injiq ayollardan, ayniqsa, romantiklaridan qochishining o‘ziga yarasha sababi bor. Ammo Naomining hayoti ko‘z o‘ngida chilparchin bo‘lganidan keyin, unga ozgina yordam berish — qo‘lidan keladigan eng kichik ish edi.

