Thermalright GX7 termoprokladkasi — SSD M.2, videoxotira, ona plata chiplari va noutbuklarni sovutish uchun.
• Issiqlik o‘tkazuvchanligi: 12,9 Vt/m·K
• O‘lchami: 70×22 mm, kerakli o‘lchamda oson kesiladi
• Tok o‘tkazmaydi — elektronika uchun xavfsiz
• Qalinligi tanlov bo‘yicha: 0,5 / 1 / 1,5 mm
Qalinlikni qanday tanlash kerak: eski prokladkani o‘lchang yoki modelingiz uchun qalinlikni aniqlang. Ona platadagi SSD radiatori uchun ko‘pincha 1 mm, noutbuklar uchun 0,5 mm mos keladi. Ishonchingiz komil bo‘lmasa — bizga yozing, tanlashga yordam beramiz!
Kafolat o‘rnatishdan oldingi zavod nuqsonlariga tegishli. O‘rnatilgandan va himoya plyonkasi olib tashlangandan so‘ng qaytarish qabul qilinmaydi.

