THEPIN & Co. mualliflik pin-nishoni polimer loydan yasalgan.
Kartochkada 3 ta tur mavjud: somsa, manti va patir. Buyurtma berishdan oldin kerakli variantni tanlang.
Har bir pin qo‘lda yasaladi: shakl beriladi, bo‘yaladi va himoya qatlami bilan qoplanadi. Shakli, rangi va mayda detallari fotosuratdan biroz farq qilishi mumkin — bu mualliflik ishining o‘ziga xos xususiyati.
O‘lchami tanlangan dizaynga bog‘liq:
• Somsa — taxminan 35 mm
• Manti — taxminan 23 mm
• Patir — taxminan 30 mm
Pinni sumka, ryukzak, kurtka, jilet, ko‘ylak yoki boshqa qalinroq kiyimga taqish mumkin. Orqa tomonida metall asos mahkamlangan, silikon zastyojka komplektga kiradi.
Buyurtmaga tanlangan dizayndagi 1 ta pin kiradi.

