“Tezkor matematika” va “Amaliy matematika” kitoblari boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalardir. Ushbu to‘plam matematikaning asosiy bo‘limlarini bosqichma-bosqich o‘rganishga yordam beradi.
Kitoblarda qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish, kasrlar, tenglamalar, mantiqiy masalalar va geometrik tushunchalar sodda va tushunarli tarzda yoritilgan. Har bir mavzu misollar va mashqlar bilan boyitilgan bo‘lib, o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmasini rivojlantiradi.
Shuningdek, ushbu qo‘llanmalar Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorgarlik ko‘rishda, test yechish ko‘nikmalarini oshirishda va umumiy matematik savodxonlikni rivojlantirishda katta yordam beradi.
To‘plam o‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun ham juda qulay va foydali hisoblanadi.

