Germetik termostakan issiq va sovuq ichimliklarni har qanday joyda qulay saqlash va olib yurish uchun mo'ljallangan.
Mahsulotning ichki va tashqi korpusi sifatli zanglamaydigan po'latdan tayyorlangan bo'lib, ichimlik ta'mi va hidini o'zgartirmaydi.
Vakuumli izolyatsiya texnologiyasi hisobiga ichimliklarning issiqligini 5-6 soatgacha, sovuqligini esa 6-8 soatgacha bir xil haroratda ushlab turadi.
Zich yopiladigan germetik qopqog'i suyuqlikning sumka yoki avtomobilda to'kilib ketishining oldini oladi. Stakan o'lchamlari avtomobil ichidagi standart stakan ushlagichlarga (podstakannik) va sumka cho'ntaklariga mos tushadi.
Bir martalik plastik va qog'oz stakanlar o'rniga ko'p marotaba foydalanish mumkin bo'lgan ushbu termostakandan foydalanish atrof-muhitni asrashga yordam beradi.


