Bolalar uchun trubochkali termos. Termosning ichi zanglamas po'lat Sus 316 dan, tashqi qismi zanglamas po'lat 201 dan yasalgan. Issiqlikni 6 soatgacha, sovuqlikni 12 soatgacha ushlaydi. Suyuqlikni ichish uchun qulay silikon trubochkasi bor. Bolalar osib yurishi uchun qulay tasmasi bor. Tug'ilgan kun, bayramlarda bolalar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi. Bolalar bilan sayrga chiqqanda, mashinada, sayohatlarda, tog'larda, pikniklarda, sport mashg'ulotlarida, bog'cha va maktablarda bolalar ishlatishlari uchun mo'ljallangan. Sig'imi 500 ml
Agar siz issiq ichimliklar uchun termo krujkadan foydalansangiz, unda birinchi foydalanishdan oldin termosning ichki kolbasini qaynoq suv bilan yuvishingizni maslahat beramiz. Issiq ichimlikni quyganingizdan so'ng, bir necha soniyadan so'ng qopqog'ini oching, bug'ni bo'shating va yana yoping. Shunday qilsangiz, ichimlik haroratni uzoqroq saqlaydi

