Yumshoq ko‘pikli skrab Koreyaning Anua brendidan. Heartleaf ekstrakti va Quercetinol bilan boyitilgan ushbu mahsulot g‘ovaklarni chuqur tozalaydi, ortiqcha yog‘ va kirlarni olib tashlaydi, terini yangilaydi.
Yog‘li, aralash va muammoli teri egalari uchun mo‘ljallangan. Akne va qora nuqtalarga moyil terilar uchun juda mos.
Nam yuzga oz miqdorda surting va yengil massaj qiling, ayniqsa T-zonasiga e’tibor bering. Iliq suv bilan yuvib tashlang. Ertalab va kechqurun qo‘llash mumkin.
Hajmi: 150 ml. Ishlab chiqarilgan: Koreya.

