• Qadr kechasidagi qotillik - Betlar soni 288
• Amirlikning oltin taxti izidan - Betlar soni 288
• Temuriylar kutubxonasining siri - Betlar soni 320
• Kechikkan qasos - Betlar soni 320
• O'g'irlangan bolalik - Betlar soni 304
• Hidoyat ortidagi zalolat - 320 bet QATTIQ MUQOVA
• Muqovasi Hamma kitoblarniki YUMSHOQ
• Yozuv Kirillcha
• Nashriyot Yangi Asr Avlodi
Dunyodagi eng boy inson kim? Bu savolga har kim turlicha javob berishi mumkin. Qo‘lingizdagi mazkur kitob mutolaasidan so‘ng mushohadaga to'lasiz. Insonning qalb xotirjamligi, halollikka asoslangan turmushi eng katta boylik, degan xulosaga kelasiz! Birovning haqiga ko‘z olaytirmay, o‘zgalarning qalbiga ozor yetkazmay, atrofdagilarning hayotiga daxl qilmay umr kechirish naqadar saodatli baxt ekaniga amin bo‘lasiz. Asarda bir jinoyat tafsiloti ortidan turli kutilmagan hodisalar chiqib kelishi o‘quvchi qalbini hayajonga solsa, jamiyatdagi ayrim kamchiliklarning ayovsiz ochib berilishi xushyorlikka undaydi. Bir so‘z bilan aytganda, «G‘ayrioddiy intiqom» asari o‘quvchilarga g‘ayrioddiy hislar va o‘zgacha zavq ulasha olishiga ishonamiz.
Qadr-qimmat, hurmat, o‘zaro mehr-oqibat tushunchalari, avvalo, ijtimoiy sog‘lom muhitda shakllanadi. Bu muhit sog‘lom bo‘lmas ekan, qadr-qimmat toptaladi, odob-axloq meʼyorlariga putur yetadi, umuminsoniy tuyg‘ular zavol topadi.
Detektiv ixlosmandlarining sevimli yozuvchisiga aylangan Komil Sindarovning yangi - «Qadr kechasidagi qotillik» nomli asari ayni mulohazalar xususida so‘zlaydi. To‘g‘ri, asar mutolaasini boshlar ekansiz, sirli qotillik yuz bergani, qotillarning izsiz g‘oyib bo‘lgani, chigal vaziyatlaru kulminatsion nuqtalar va kutilmagan yechim kitobxon fikru hayolini band etadi, asarni bir nafasda o‘qib chiqishiga xizmat qiladi. Ammo zukko kitobxon mutolaa so‘ngida asar nima sababdan yozildi va qanday maqsadda o‘quvchiga yetkazildi, degan savol ustida biroz bosh qotiradi.
Eʼtiboringizga havola etilayotgan kitob muallifning avvalgi asarlari – «Temuriylar kutubxonasining siri», «Kechikkan qasos» kabilarning mantiqiy davomidir. Asar qahramonlari – Faxriddin va Sanjarbeklar o‘z xizmat vazifalarini ado etmoqqa kirishar ekanlar, bu gal ham ajabtovur voqealar, kutilmagan jumboq bilan yuzma-yuz keladilar.
Kitobni dastavval qo‘liga olgan o‘quvchilar jinoyat ishining tarixiy voqealar, xususan, Amir Olimxon xazinasi bilan nechog‘lik bog‘liq ekani haqidagi jumboq qarshisida bir zum kalovlanib qoladi. Asar muallifining mahorati xuddi mana shu nuqtada bo‘y ko‘rsatadi.
Kitobxon asar mutolaasi davomida yechimning tezroq yakun topishini qanchalik istamasin, muallif o‘sha jarayongacha o‘quvchini boshqa-boshqa jinoyatlar, boshqa-boshqa taqdirlar, boshqa-boshqa muammolar girdobiga tortaveradi.
Ushbu kitob tarixning bizga maʼlum bo‘lgan, ammo haligacha ochilmagan sir-sinoati haqida. Hazrati Bashir qishlog‘idagi oddiy bir cho‘ponning o‘ldirilib ketish voqeasi, jinoyatni fosh etishga bel bog‘lagan tergovchilarning uddaburonligi, bu jinoyat atrofida juda ko‘pchilikning o‘ralashib qolishi, bir jinoyat ortidan boshqa jinoyat izlarining topilishi .....
Qiziq, qadim Temuriylar kutubxonasi bilan oddiy cho‘ponning o‘ldirilib ketishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bo‘lishi mumkin? Vaqt va zamon o‘rtasidagi muvofiqlik bir-biriga qay darajada bog‘liq...
Savollarga javobni ochiq qoldiramiz. Yaxshisi, mutolaadan so‘ng sizni bahsga chorlaymiz.
Tog‘ayevlar xonadonining barcha aʼzolari mudhish qotillik qurboniga aylanishdi. Ularning bunday ayansli taqdiriga boylik sababmi yoki... Ketma-ket sodir etilgan jinoyatlar ishtirokchilari kimlar yoki bu bitta odamning ishimi ?
Mayram nima uchun o‘zini qariyb 20 yil davomida karlikka, gunglikka olib yurdi ? Neʼmatillaning baxtli oilasiga ko‘z tegdimi yoki ular ham baxtsizlik qurbonlarimi ? Tergovchilar- Faxriddin bilan Sanjarbek nima uchun aynan yil avvalgi jinoyat sabablarini o‘rganishga bel bog‘ladilar?
Qo‘lingizdagi kitob jinoyat olamining ana shunday nihoyatda chigal va nihoyatda murakkab muammolari, sirlariga yechim izlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali jinoyatchilik, bezorilik, ayniqsa, qotillik sodir etilgani to‘g‘risidagi sovuq xabarlarni tinglar ekanmiz, odamlar nega insoniylikni yo‘qotib, qahri qattiqlashib borayotgani haqida o‘ylab qolamiz... Bir narsa aniqki, hayotda hech kim onadan jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi.
Aksincha, bola voyaga yetar ekan, oiladagi nosog‘lom muhit, ota onaning tarbiya masʼuliyatini his etmasligi, eʼtiborsizlik va loqaydlik kabi illatlar uning oxir-oqibat jinoyat ko‘chasiga kirishiga sabab bo‘ladi. Komil Sindarov qalamiga mansub «O‘zbek detektivi» ruknida nashr yuzini ko‘rgan yangi asar - «O‘g‘irlangan bolalik» yuqoridagi mulohazalar haqida so‘zlaydi.
Kitobni varaqlar ekansiz, norasida go‘daklarning sirli ravishda yo‘qolib qolishi, gumondorlarning xatti-harakati jinoyat motiviga tasodifan mos kelishi va sizga yaxshi tanish bo‘lgan prokuratura tergovchisi Sanjarbek va hamkasblarining ustalik bilan yo‘qotilgan qotillik izlari va dalillarini mohirlik bilan fosh etishdagi kasbiy mahorati asarni bir nafasda o‘qib chiqishingizga xizmat qiladi.
Komil Sindarov "Tazarru" – Zamonaviylik zulmatida nur qidirayotgan qalbning ibodati
Zamonaviy o‘zbek adabiyotining eng kuchli va chuqur romanlaridan biriga sho‘ng‘ing – u siz uchun oddiy o‘qish emas, balki asosiy ma'naviy sayohat bo‘lib qoladi. "Tazarru" kitobdan ko'proq; bu o'z qalbi labirintida adashgan odamning o'tinchi, yig'lisi va umididir.
Nega "Tazarru" abadiy sizning qalbingizda qoladi?
Bu kitob haqida nima o'ylaysiz?
Bu kitob kimlar uchun?
"Tazarru" - bu mazbasi uchun o'qiladigan kitob emas. Bu bir vaqtning o'zida tozalaydigan, shikastlaydigan va davolaydigan tajriba. O'zingiz bilan halol suhbatga tayyor bo'lganingizda uni oching.

