TENZO televizor osti tumbasi — yashash xonangiz uchun mukammal tartib va Skandinaviya minimalizmi!
Ushbu tumba shunchaki mebel emas, balki uyingizdagi qulaylik va tartib timsolidir. Biz uni ortiqcha ovoragarchiliklarsiz ishlatishingiz uchun qaygʻurdik: tumba uyingizga toʻliq yigʻilgan holatda yetkazib beriladi! Uni yigʻish uchun usta chaqirishga yoki vaqt sarflashga hojat yoʻq — qutidan oching va darhol joylashtiring.
Asosiy afzalliklari:
- Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan: Vosizchilarsiz, eng hamyonbop narx va yuqori sifat kafolati.
- Premium material: Ekologik toza va chidamli, sifatli Rossiya LDSP (ЛДСП) materialidan tayyorlangan.
- Keng va funksional: 2 ta qulay ochiladigan eshikli yon boʻlinmalar, oʻrtada ochiq javon va 2 ta silliq harakatlanuvchi tortmalar (yashshiklar) barcha buyumlaringizni tartibli saqlashga yordam beradi.
- Zamonaviy dizayn: Qora rangli ixcham tutqichlar va trenddagi ranglar uygʻunligi har qanday interyerga (modern, loft, minimalizm) mos tushadi.
Texnik xususiyatlari:
- Uzunligi: 120 sm yoki 140 sm (tanlovga koʻra)
- Balandligi: 50 sm
- Chuqurligi: 30 sm
- Mavjud ranglar: Oq (Baza), Dub Votan, Kashemir, Kulrang (Seryy), Bazalt.
Toʻgʻri tanlov qiling va uyingiz interyerini TENZO bilan yangilang! Hoziroq buyurtma bering!
