Yashash xonangiz uchun zamonaviy yechim – TELLO TV-tumbasi!
Ushbu tumba nafaqat televizoringiz uchun mustahkam asos, balki interyeringizning zamonaviy bezagi hamdir. Biz mijozlarimizning vaqtini qadrlaymiz, shuning uchun tumba to‘liq yig‘ilgan holda yetkazib beriladi. Ortiqcha ovvoragarchilik va ustaga hojat yo‘q!
Asosiy afzalliklari:
- Tayyor mahsulot: Tumbani yig'ish shart emas, u tayyor holda eshigingizgacha boradi.
- Sifatli material: Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli LDSP materialidan foydalanilgan. Bu chidamlilik va uzoq muddatli xizmatni kafolatlaydi.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan: Ortiqcha ustamalarsiz, eng hamyonbop narx va sifat nazorati.
- Keng sig‘im: Ochiq va yopiq tokchalar pult, pristavka va boshqa buyumlarni tartibli saqlashga yordam beradi.
O‘lchamlari:
- Balandligi: 33 sm
- Uzunligi: 140 sm / 160 sm (tanlovga ko'ra)
- Eni: 30 sm
Kalit so‘zlar: TV tumba, mebel, televizor tagiga tumba, mehmonxona mebeli, yig'ilgan mebel, zamonaviy tumba.