Telefon uchun mo‘ljallangan ko‘chma LED chiroq — selfi olish, video yozish, jonli efirlar o‘tkazish va videoqo‘ng‘iroqlar uchun qulay aksessuar. Ushbu qo‘shimcha yoritish vositasi atrof-muhitdagi yorug‘lik yetarli bo‘lmagan hollarda yuzingizni hamda kadrdagi boshqa detallarni yoritib berishga yordam beradi. U uyda yoki sayohat davomida suratga olish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratishda ayni muddaodir.Magnitli mahkamlagich yordamida chiroqni MagSafe texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon yoki uning g‘ilofiga o‘rnatish mumkin.
Turi: smartfonlar uchun portativ yoritgich.
Yorug‘lik manbai: LED.
Mahkamlash usuli: magnitli.
Dizayni: yig‘iladigan, aylanadigan.
Aylanish burchagi: 360°.
Egilish burchagi: 270° gacha.
Maqsadi: selfi, suratga olish, video yozish, jonli efirlar va videoqo‘ng‘iroqlar.
Rangi: oq yoki qora.
Moslik: MagSafe magnit tizimiga ega smartfonlar va g‘iloflar; boshqa qurilmalar uchun maxsus magnit halqa talab etiladi.

