• Betlar soni - 878 bet
• Muqovasi - Qattiq
• Nashriyot - Yangi asr avlodi
E’tiboringizga havola etilayotgan roman – «Telba»ni turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Nashriyotimiz tomonidan taqdim etilayotgan bu yirik asar 35 yillik tanaffusdan so‘ng o‘z o‘quvchilari bilan qaytadan diydor ko‘rishdi. Asarning qimmati nimada? Nima uchun «Telba»ni o‘qigan kitobxon daho ijodkor – Dostoyevskiy ijodiga qayta murojaat qilishga o‘zida kuchli ma’naviy ehtiyoj sezadi? Kitob qahramoni telba, darvish bo‘lgani holda o‘quvchini qaysi jozibasi bilan o‘ziga tortadi? Javoblar bisyor. Hamma zamonlarda bo‘lgan, hamma zamonlarda uchraydigan – manfaatparast, boylikka mukkasidan ketgan johillar orasida yashab, insoniylik mohiyatini saqlab qolgan, odamlarga hamisha hamdard bo‘lolgan, buyuk qalbi bilan yashagan knyaz Mishkin (telba); hayotining o‘ta murakkab va mushkul damlarida zohiran juda go‘l va zaif ko‘ringan qahramonimizga qalban muhtojlik sezgan Nastasya Filippovna, Aglaya kabi asarning tayanch qahramonlari mutolaa yakuniga qadar o‘quvchining diqqat markazida turadi. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin fursat o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan da’vat, tuyg‘ularni e’zozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta’kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi.
Otalari ularni juda ham yosh, hech nimani tushunmaydi deb hisoblashlarini bolalar juda yaxshi fahmlaydilar, ular hamma narsani yaxshi fahmlaydilar. Bola eng mushkul vaziyatda ham haddan ziyod foydali maslahat berishi mumkinligini kattalar bilmaydilar.
…har kimning o‘ziga yarasha kamchiligi bo‘ladi va… o‘ziga xos odatlari bo‘ladi, ba’zan birovning qiliqlarini barmoqlarini bigiz qilib ko‘rsatishadi, lekin o‘zlarini surishtirib qaralsa, bundan beshbattarroq chiqadi.
Pulning qabohati va yaramasligi shundaki, u hatto yo‘q talantni bor qiladi.
…yolg‘on gapirayotganda, agar yolg‘onga juda ham aql bovar qilmaydigan, antiqa, hayotda bo‘lmaydigan yoki juda kam uchraydigan biron narsani qo‘shib-chatib yuborsangiz, yolg‘on xuddi chinga o‘xshab qoladi.
Agar u meni yomon ko‘rib qolgan bo‘lsa, bu yomon ko‘rishi ham o‘ziga xos edi: u «sabr bilan yomon ko‘rardi».
Kamolotga erishish uchun oldin ko‘p narsalarni tushunmagan bo‘lish kerak.

