Yashash xonangiz uchun zamonaviy va qulay yechim – TASPA TV-tumbasi!
Ushbu mebel nafaqat televizoringiz uchun mustahkam asos, balki interyeringizning zamonaviy qismiga aylanadi. Biz mijozlarimizning vaqtini qadrlaymiz, shuning uchun tumba to'liq yig'ilgan holatda yetkazib beriladi – ortiqcha ovvoragarchilikka hojat yo'q!
Nima uchun aynan TASPA ni tanlashadi?
- Tayyor mahsulot: Qutilarni ochib, mebel yig‘ib o‘tirmaysiz. Uni shunchaki joyiga qo‘yishingiz kifoya.
- Yuqori sifat: Rossiyada ishlab chiqarilgan yuqori sifatli LDSP materialidan tayyorlangan. Bu chidamlilik va uzoq muddatli xizmatni kafolatlaydi.
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan: Ortiqcha ustamalarsiz, eng maqbul narx va sifat nazorati.

Texnik xususiyatlari:
- Balandligi: 43 sm
- Chuqurligi: 30 sm
- Uzunlik variantlari: 120 sm, 140 sm, 160 sm
- Ranglar: Dub Votan, Kashemir, Kulrang, Bazalt va Oq.