Seven Star brashing taroq fen yordamida soch turmaklash, ildiz qismiga hajm berish, yumshoq to‘lqin va chiroyli buklamalar yaratish uchun mo‘ljallangan professional dumaloq taroqdir. Uyda, sartaroshxonada va go‘zallik salonida foydalanishga mos.
Teshikli silindrsimon korpus fen havosini soch tolalari orasiga o‘tkazib, ukladka vaqtida sochlarni bir tekis quritishga yordam beradi. Zich tuklari soch tutamlarini ushlab, ildizdan ko‘tarish, uchlarini burash va hajmli turmak yaratishni qulaylashtiradi.
Ergonomik mat dasta qo‘lda qulay ushlanadi. Dastaning uchli qismidan sochlarni alohida tutamlarga ajratishda foydalanish mumkin. Qora va oltin ranglar uyg‘unligi taroqqa zamonaviy hamda premium ko‘rinish beradi.
Mahsulot L, XL va XXL o‘lchamlarda mavjud. Soch uzunligi va kerakli ukladka natijasiga qarab mos razmerni tanlash mumkin.

