Janna d'Ark va Uinston Cherchillda qanday umumiy jihat bor? Jorj Vashington va Mao Szedun-chi? Metyu Boulton va Stiv Jobs? Jon D. Rokfeller va Bill Geyts-chi? O‘z davrining yetakchi shaxslari sifatida ular bir xil strategiyalardan foydalanganlar. Dunyoda hech narsa yangilik emas. Ushbu sovg‘abop nashr bugungi kundagi dunyo qiyofasini shakllantirgan ellikta strategiya tahlilini taqdim etadi. Kitob insoniyat tarixining keng qamrovli davrini o‘z ichiga olib, harbiy ishlar, tijorat va siyosat sohalaridan — qadimiy to‘qnashuvlardan tortib Facebook, Amazon va Microsoft kompaniyalarining muvaffaqiyat tarixlarigacha bo‘lgan misollarni keltirib o‘tadi. Mualliflar har bir holatda ushbu shaxslarning xarakteri va intilishlarini, shuningdek, ulardan qay darajada samarali foydalanganliklarini tahlil qiladilar.

