• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Lotincha
• Betlar soni: 420
• Muqovasi: Qattiq
• Qog‘oz formati: A5
• Chop etilgan yili: 2024
Vestoverlar oilasi koʻp farzandli ekaniga qaramay, maktab avtobusi ularning xonadonini chetlab oʻtadi. Buning jiddiy sababi bor: u oilada hech kim maktabga bormaydi. Mutaassib ota va u chizgan chiziqdan chiqmaydigan ona davlat taʼlimiga “miyani yuvish” vositasi sifatida qarab, farzandlarini uyda olib oʻtirishga, ularni mormon qadriyatlariga muvofiq tarbiyalashga tish-tirnogʻi bilan harakat qiladi. Yetti nafar bolaning toʻrttasida hatto tugʻilganlik haqida guvohnoma hamyoʻq. Shunday biqiq va gʻalati muhitda tugʻilgan Taraning kelajagi goʻyo oldindan tayin edi: mormon qadriyatlariga mos ravishda tarbiya topib, ulgʻaygach, onasi kabi doya boʻlib yetishishi va mormon yigitga turmushga chiqishi kerak edi. Ammo taqdir charxpalagi tamoman teskari aylanib, ilmga chanqoq bu qizning hayoti butkul oʻzgarib ketadi.
Tara Vestoverning “Talaba” asari uning ilm yo‘lidagi sayohatini jonli tarzda tasvirlab beradi. Tara Vestover oʻz hikoyasi orqali chidamlilik va taʼlim kuchini koʻrsatadi hamda oʻtmish qoliplaridan chiqib oʻzni qayta kashf qilishga ilhomlantiradi.

