Mendan tez-tez so‘rashadi: "Taqdir bormi? Agar mavjud bo‘lsa, u hamma narsani oldindan belgilab qo‘yganmi? Taqdir doirasida tanlash erkinligimiz bormi? "Taqdirga ergashish" degani nima o‘zi, unga rioya qilmaslik ham mumkinmi?"
Hayotimiz muayyan qonun-qoidalarga bo‘ysunadi. Ularni bilsak va ularga amal qilsak, hamma narsa o‘z o‘rniga tushadi. Hayotning tabiiy tartibi tiklanadi va har qanday muammolar "kelib tushishiga qarab" hal etiladi, muvaffaqiyat va o‘zgarishlarning yangiligi hissi paydo bo‘ladi. Biz o‘zimiz bilan, o‘z Taqdirimiz va butun dunyo bilan hamohang yashaymiz.

