• ISBN: 978-9910-9487-9-4
• Muallif: Sofiyyurrohman Muborakfuriy
• Tarjimonlar: Muhammadsiddiq Usmonov, A’zamxon Abdurahmonov, Adhamjon Yangiboyev
• Nashriyot: «Matbaachi»
• Sana: 2024 yil
• Sahifalar soni: 384
• O‘lchami: 70 * 100 1/16
• Muqovasi: qattiq
Qo‘lingizdagi ushbu kitob suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam siyratlarini oson va go‘zal uslubda yoritgan asarlardan biri. Muallifi Safiyurrahmon Muborakfuriy siyrat bo‘yicha taniqli olimlardan sanaladi. Kitobda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari, voyaga yetishlari, Payg‘ambar etib yuborilishlaridan tortib umrlari nihoyasiga qadar, oilalari, farzandlari, xulqlari va ko‘rinishlari haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Alloh taolo barchamizga, avvalo, O‘zini tanishni, yana Habibining siyratini o‘rganib, najot topadigan bandalaridan qilsin.

