La Sultane de Saba mashhur atir motivlari asosida yaratilgan soch va tana uchun parfyumlangan mist — terida, sochda va kiyimda haqiqiy nafis, nozik, ammo chidamli ifor qoldiradi. Mahsulotning maxsus formulasi soch va terining holatini yaxshilashga yordam beradi.
Tarkibidagi gialuron kislotasi terida va sochda namlikni saqlab, ularni chuqur namlantiradi. Pantenol qayta tiklash va hifoyalashga yordam beradi, soch va teri tuzilishini yaxshilab, ularga yumshoqlik va silliqlik beradi. Mochevina (Urea) esa teri va sochlarning qayushqoqligi va elastikligini oshiradi.
Tana uchun parfyumlangan sprey yengil va vaznsiz bulutdek sepiladi, yopishqoqlik hissini va kiyimda iz qoldirmaydi. Pachuli va vanilning nafis ifor kompozitsiyasi sekin-asta ochilib, sizga har qayerda hamroh bo'ladigan takrorlanmas shleyf yaratadi. Bu sochingiz uchun mukammal parfyum bo'lib, obro'yingizga ko'rk qo'shadi va parvarishning ajoyib yakunlovchi qismi bo'ladi.
Mistdan foydalanish:
Qo'llash usuli: Sprey-mistni chayqating, 15–20 sm masofadan seping. Yoqimli ifordan bahramand bo'ling.

