
9 ta mustaqil rolikli tana massajeri mushaklarni bo‘shashtirish, qon aylanishini yaxshilash va jismoniy mashqlardan keyin tiklanish uchun mo‘ljallangan qulay qurilma hisoblanadi
Maxsus rellefli roliklar yordamida massaj chuqur va bir tekis ta’sir ko‘rsatadi.
Massajer oyoq, son, qo‘l, qorin va tananing boshqa qismlariga massaj qilish uchun juda qulay
. Roliklarning maxsus shakli mushaklardagi taranglikni kamaytiradi, charchoqni yo‘qotadi va mushaklarning tez tiklanishiga yordam beradi.
Ushbu massajer uy sharoitida, sport mashqlaridan keyin yoki dam olish vaqtida foydalanish uchun juda mos keladi. Qurilmaning ixcham o‘lchami uni safarga olib yurishga ham imkon beradi
Massajerning afzalliklari:
• 9 ta mustaqil aylanuvchi rolik
• chuqur va samarali massaj
• anti-sellyulit ta’siri
• qon aylanishini yaxshilaydi
• ergonomik va qulay tutqich
• tananing turli qismlari uchun mos
Doimiy foydalanish mushaklarni bo‘shashtirishga, charchoqni kamaytirishga va umumiy holatni yaxshilashga yordam beradi.


