Tal qo‘l telferi — bu ishonchli va mustahkam yuk ko‘taruvchi uskuna bo‘lib, 1 tonnadan 6 tonnagacha bo‘lgan yuklarni 3 metr balandlikka ko‘tarishga mo‘ljallangan. Qurilish maydonchalari, omborlar, ustaxonalar va boshqa sanoat sohalarida foydalanish uchun juda qulay.
Trishotkali mexanizm tufayli uni qo‘lda boshqarish juda oson — bu esa kuch sarfini kamaytiradi va xavfsizlikni oshiradi. Telfer korpusi mustahkam metall materialdan ishlab chiqilgan bo‘lib, zangga chidamli va uzoq xizmat muddati bilan ajralib turadi. Uning ixcham va yengil dizayni kundalik foydalanish uchun ayni muddao.
📌 Asosiy xususiyatlari:
– Yuk ko‘tarish quvvati: 1t / 2t / 3t / 6t
– Ko‘tarish balandligi: 3 metr
– Turi: qo‘l telferi, trishotkali mexanizmli
– Zangga va og‘ir yuklarga chidamli korpus

