YUMSHOQ TAKTIL KITOB – BOLANING SENSOR VA NUTQ RIVOJLANISHI UCHUN Bola dunyoni qo'llari bilan kashf etadi!
Ushlab ko'riladigan, silab ko'riladigan va o'rganiladigan kitob! Har bir sahifada yorqin rasmlar va yumshoq mo'ynali teksturalar bor: bola hayvonni ko'radi, uning nomini eshitadi va "terisini" barmoqlari bilan his qiladi. Oddiy kitob bir vaqtning o'zida ko'rish, eshitish va teginish sezgilarini ishga soladigan sensor mashg'ulotga aylanadi.
NIMA UCHUN BU BUGUNGI BOLALAR UCHUN MUHIM?
Hayotning dastlabki yillarida bola miyasi eng tez rivojlanadi va bu davrda olgan tajribasi kelajakdagi o'rganish qobiliyatiga asos bo'ladi. Bugungi bolalar esa ko'p vaqtini telefon va planshet qarshisida o'tkazadi: ekran faqat ko'rish va eshitishni band qiladi, teginish sezgisi va qo'l harakatlari esa rivojlanmay qoladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko'ra, 2 yoshgacha bolalarga ekran vaqti tavsiya etilmaydi, 2–4 yoshda esa kuniga 1 soatdan oshmasligi kerak. Taktil kitob ekranga foydali muqobil: bola faol o'ynaydi va rivojlanadi.
QO'L VA NUTQ BOG'LIQLIGI
Mutaxassislar ta'kidlashicha, barmoqlarning mayda harakatlari miyadagi nutq markazlari bilan chambarchas bog'liq. Bola turli teksturalarni ushlab, silab, sahifalarni varaqlaganda nutq rivojlanishi uchun zamin hozirlanadi. Maria Montessori ham qo'lni bola aqlining asosiy quroli deb bilgan: bola dunyoni avvalo qo'llari orqali taniydi.
KITOB NIMALARNI RIVOJLANTIRADI?
- Sensor idrok
– yumshoq, silliq, mo'ynali teksturalarni farqlashni o'rgatadi
- Mayda motorika
– sahifalarni varaqlash, zamon va tasmani ochib-yopish barmoqlarni chiniqtiradi
- Nutq va so'z boyligi
– hayvon nomlari, "yumshoq", "silliq", "katta", "kichik" kabi yangi so'zlar
- Bilish qobiliyati
– bola hayvonlar va ularning xususiyatlari bilan tanishadi
- Diqqat va xotira
– rasmlarni kuzatish va nomlarni eslab qolish
- Tasavvur va emotsional rivojlanish
– kitob bilan birga o'ynash, hikoya tuzish
- Ota-ona bilan yaqinlik
– birga o'qish bola va kattalar orasidagi aloqani mustahkamlaydi
MONTESSORI YONDASHUVI
Rivojlantiruvchi va o'rgatuvchi kitob Montessori tamoyillariga mos: bola o'zi ushlaydi, o'zi o'rganadi, o'zi kashf qiladi. O'yin orqali o'rganish – eng tabiiy va samarali usul.
SIFAT VA QULAYLIK
- Yumshoq va mustahkam mato
– yirtilmaydi, sinmaydi
- Sahifalarda yumshoq mo'ynali teksturalar
- Yorqin, tiniq rasmlar
– bolaning e'tiborini tortadi
- Zamonli qopqoq va tasmali qulf
– sahifalar tartibli saqlanadi
- Ekologik toza va xavfsiz materiallar
- Ixcham o'lcham
– uyda, yo'lda va sayohatda olib yurish qulay
VARIANTLAR
- Ferma – sigir va uy hayvonlari olami
- Jungli – panda, fil, jirafa, maymun, yo'lbars, to'tiqush, tukan, oltin baliq, qo'ng'ir ayiq va timsoh
KIMLAR UCHUN?
- Nutqi endi shakllanayotgan bolalar uchun
- Uyda rivojlantiruvchi mashg'ulotlar uchun
- Bog'cha, rivojlantiruvchi markaz va logopedik mashg'ulotlar uchun
- Tug'ilgan kun va bayramlarga foydali sovg'a sifatida
Logo O'yinchoq – 2021-yildan buyon bolalar rivojlanishi uchun o'yinchoqlar taklif qiluvchi O'zbekiston brendi. Biz Montessori uslubidagi sensor o'yinchoqlar va nutqni rivojlantiruvchi mahsulotlarga ixtisoslashganmiz. Har bir mahsulotni foydasi va xavfsizligiga qarab tanlaymiz, chunki bola uchun o'yin – bu o'rganish. Farzandingiz bilan vaqtni unumli o'tkazing!
Kattalar nazoratida o'ynash tavsiya etiladi.


