F50 New Generation tezkor o‘yin uslubini afzal ko‘radigan futbolchilar uchun yaratilgan. Modelning yangi dizayni zamonaviy texnologiyalar va agressiv sport uslubini o‘zida mujassam etgan. Yengillashtirilgan ustki qismi, to‘p bilan yaxshiroq kontakt beruvchi teksturali yuzasi hamda oyoqni ishonchli ushlab turuvchi konstruktsiyasi o‘yinda ustunlik beradi.
F50 seriyasi tezlanish, chaqqonlik va manevrlikni oshirishga yordam beradi. Butsalar va sorokonojkalar mashg‘ulotlar hamda rasmiy o‘yinlar uchun mos bo‘lib, professional va havaskor futbolchilar talablariga javob beradi.

