Asal tarkibida: A, B, (B1,B2,B3,B5,B6), H, C, E va PP vitaminlar mavjud. Asal kristallanadi, qotadi. Namlik:19% , Energetik quvvati:3150 kKal.
100% tabiiy toza asal
Haqiqiy asal qo‘shimcha mahsulotlar qo‘shilmagan tabiiy mahsulotdir. Odamlar aldanib qolmaslik uchun “toza” asalni tanishlaridan olishga harakat qilishadi. Chunki tabiiy asalni qalbakisidan ajratish biroz qiyinroq. Ammo sizda asalchi tanish bo‘lmasa, yaxshi asal ololmaysiz degani emas. Biz sizga bozordagi asalning haqiqiy yoki soxtaligini oson ajratib olishga yordam beradigan usullarani aytib beramiz.

