📄 SvetoCopy A4 ofis qog'ozi (80 g/m²) — kundalik chop etish, nusxa ko'chirish va hujjatlar bilan ishlash uchun vaqt sinovidan o'tgan sifatli qog'oz!
Yuqori oqlik va tekis yuza tufayli matn, jadval hamda grafik tasvirlar aniq va tiniq chiqadi. Qog'oz printerda tiqilib qolmaydi va ikki tomonlama chop etish uchun ham juda qulay.
🌟 Asosiy xususiyatlari:
• Format — A4 Classic (210 × 297 mm)
• Zichligi — 80 g/m²
• Qalinligi — 104 mkm
• Oqlik darajasi — CIE 146%
• Shaffof emasligi — kamida 91% (ikki tomonlama chop etganda matn narigi tomondan ko'rinib qolmaydi)
• Universal moslik — barcha turdagi lazer va siyohli (struyniy) printerlar, shuningdek nusxa ko'chirish apparatlari uchun mos
• Ishlab chiqarilgan — Rossiya (SvetoCopy)
📦 Pachkadagi miqdori (kartochkada tanlanadi):
50, 70, 100, 150, 200 yoki 250 varaq.
Eslatma: Qog'oz SvetoCopy 500 varaqlik original pachkasidan qulay foydalanish uchun qadoqlangan.
🏠 Qayerlarda foydalanish mumkin?
Uy, maktab, universitet, ofis hujjatlari, referatlar, diplom ishlari va chizmachilik uchun ideal tanlov.

