Bolalar uchun suvli anti-stress o‘yinchoq — qiziqarli va foydali mashg‘ulot uchun ajoyib tanlov. O‘yin ichidagi mayda sharlarni tugmalar yordamida harakatlantirib, maxsus joylarga tushirish kerak. Bu jarayon bolalarda diqqatni jamlash, tezkor fikrlash va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mahsulot yengil, qo‘lga qulay va xavfsiz plastikdan tayyorlangan. Ichidagi suv va rangli sharlar bolani uzoq vaqt qiziqtirib turadi. Sayohatda, maktabda yoki uy sharoitida zerikishni oldini oladi.
✔️ Diqqat va reaktsiyani rivojlantiradi
✔️ Anti-stress effekt beradi
✔️ Bolalar uchun xavfsiz material
✔️ Yengil va olib yurishga qulay
✔️ Qiziqarli superqahramon dizayni
Farzandingiz uchun foydali va maroqli o‘yin tanlang!

