Aniq ruchka uchi bilan tez natija oling va shunchaki to‘xtamang. Mary Kay® ning yangi suvga chidamli suyuq ko‘z bo‘yash vositasi bilan o‘zingizga yoqqan ko‘rinishlarni yarating! Keyin esa ularni kecha-yu kunduz ishonch bilan taqib yuring.
Bir barmoq bilan qovoqni ehtiyotkorlik bilan ko‘taring. Suvga chidamli suyuq ko‘z surtmasini qovoqqa nisbatan kichik burchak ostida ushlab, qo‘l sirpanmasligi uchun jimjiloqni yonoqqa qo‘ying.
Kipriklarning yuqori o‘sish chizig‘i bo‘ylab ko‘zning ichki burchagidan tashqi burchagiga qarab ingichka chiziq o‘tkazing.
PROFESSIONAL MASLAHATI: shoshilmang!
So‘ngra qovoq markazidan tashqariga ingichka chiziq chizing. Chiziq qancha uzun bo‘lsa, obrazingiz shuncha dramatik bo‘ladi.
PROFESSIONAL MASLAHATI: Tasavvur qiling, siz kipriklarning pastki chizig‘i egilishini kuzatyapsiz.
Yana ham ifodali qarash uchun ko‘zni o‘rab turuvchi yana bir chiziq chizing. Shunchaki strelkaning tashqi nuqtasidan boshlang va gorizontal chiziqni qovoqning tabiiy burmasida yo‘qolguncha ichkariga yo‘naltiring.
Mary Kay® ko‘z pardozini olib tashlash uchun yog‘sizlantirilgan vosita bilan ho‘llangan o‘tkir uchli paxta tamponidan foydalaning.

