• Kuvshinning hajmi — 4,2 l
• Voronkaning hajmi — 1,2 l
• Unumdorligi — 0,2 l/daq
• Rangi — Oq, Qora, Ko'k, Gilos rangli
• Kartrij resursi — 350 l
• Almashtiriladigan kartrij to‘plamga kiritilgan
• Filtrlovchi modulni almashtirish taqvimi
Aquaphor Orlean filtr-ko‘zasi
Katta resursga ega (350 l) zamonaviy Orlean filtr-ko‘zasi suvni zararli aralashmalar, begona ta’m va hidlardan chuqur tozalaydi. Orlean haqiqiy shisha ko‘zadek puflab tayyorlanadi. Shu bilan birga, u shisha va plastmassaning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan Eastman Tritan™ kopolimeridan ishlab chiqarilgan. Korpus juda parvarish talab qilmaydi, shuning uchun Orlean hatto idish yuvish mashinasida 100 marta yuvilgandan keyin ham, xarid qilingan kundagidek shaffof bo‘lib qoladi. Dumaloq tag qismi tufayli Orlean oddiy filtr-ko‘zalarga qaraganda barqarorroqdir. Hatto ko‘za tasodifan tushib ketgan taqdirda ham sinmaydi — bu esa kichik bolali oilalar uchun ayniqsa qulay variantdir. Har doim toza suv ichish uchun ko‘zadagi modulni o‘z vaqtida almashtirib turish muhim. Bunda ichiga o‘rnatilgan mexanik hisoblagich yordam beradi. U har safar suv olish uchun qopqoq ochilganda, filtrlab o‘tkazilgan litrlarni hisoblab boradi.
Modul suvning mineral tarkibini saqlab qoladi, shu sababli u yumshoq suvli hududlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan (choynakda ohak hosil bo‘lmaydi, qattiqlik 2 mg-ekv/l dan oshmaydi). Yumshoq suvda taom tarkibidagi ingredientlarning ta’mi va hidi yaxshiroq ochiladi, shuning uchun ovqat tayyorlashda undan foydalanish afzalroqdir.

