• Suv o’tkazmaydigan alyumin folgali lenta
• Yoriqlarni yamash uchun skotch
• Kuchli yelimli – butil skotch
• Yog'och, metal, plastmassa, oyna va boshqalar uchun
• Tom uchun - Tunka, ondulin, shiferni yamash uchun
• Suv quvurlaridagi yoriqlar va ulanish muftalari uchun
Butil lenta uy-joy va tijorat qurilishida keng qo'llaniladigan zamonaviy muhrlash materialidir. U alyuminiy folga qatlamiga ega. Butil lenta metall, yog'och, beton, plastmassa, polikarbonat, shisha, g'isht, keramik plitkalar va ondulinga juda yaxshi yopishadi. Ustdagi folga boshqa tamonidan chang va zangga juda chidamli yelim bilan birlashtirilgan. Namlik va havo o'tkazmaydigan muhitni yaratadi. Yog'inlari (qor va yomg’ir), ultrabinafsha nurlar va kimyoviy moddalarga chidamli. Neftga o’xshash bitumdan farqli o’laroq, Butil – ekoligik jihatdan zararsiz, yoqimsiz hidlarsiz va foydalanishga qulay hisoblanadi.

Bitil o'rnatilgandan keyin olti oydan bir yilgacha quriydi va mo'rt bo'ladi. 70° C ga qadar qizdirilganda uning yelimi (masalan, ochiq olovda) erishi (oqishi) boshlanadi. Butil lenta folgasi 100° C gacha bo'lgan haroratga chidamli bo'lib, asl xususiyatlarini saqlab qoladi. Montajdan keyin butil lenta (joy va sharoitga qarab) 10-15 yil o’z hususiyatini saqlab turadi.

Butil lentaning turli uzunlik va qalinliklardagi turlari mavjud. Ulardan siz o’zingizga mosini va keragini tanlashingiz mumkin.


