MERKA-TEMIR – bu qahvaxona va uy sharoitida mukammal kofe ichimliklarini tayyorlash uchun mo'ljallangan professional pitcherlar turkumidir. Yuqori sifatli zanglamaydigan po'latdan yasalgan bo'lib, ichki qismidagi o'lchov shkalasi sut miqdorini aniq belgilashga yordam beradi. Maxsus dizayndagi jo'mragi (burunchasi) esa nozik va bejirim latte-art rasmlarini chizish uchun qulaylik yaratadi. Turli xil hajmlarda (250ml, 350ml, 550ml, 900ml) mavjud.
Xushbo'y kapuchino va lattening mukammal sut ko'pigini tayyorlash uchun MERKA-TEMIR metall pitcheri — har bir kofe ishqibozi va barista uchun eng toʻgʻri tanlov!
Yuqori sifatli oziq-ovqat zanglamaydigan po'latidan tayyorlangan ushbu kuvshin issiqlikni teng taqsimlaydi va sutni osongina ko'pirtirishga yordam beradi. Maxsus shakldagi burni tufayli kofe ustida latte-art rasm chizish juda qulay. Ichki o'lchov shkalasi esa kerakli hajmda sut quyish imkonini beradi.

