Ushbu 3 qavatli idish quritgich — sushilka oshxonada idishlarni ixcham, tartibli va qulay joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy va funksional dizayni tufayli kundalik foydalanishda juda qulay. Sushilka 3 xil rangda: qora, stalnoy (kumush) va tilla rangda mavjud bo‘lib, turli oshxona interyerlariga mos keladi.
Yuqori qavatida 23 tagacha tarelkani tartibli joylashtirish mumkin. Maxsus bo‘limlari tarelkalarni tik holatda ushlab turadi. O‘rta qavat 12 ta piyola va 6 ta stakan uchun mo‘ljallangan. Chap tomonidagi maxsus ilgichlarga krujkalarni joylashtirish mumkin. Pastki qavatda esa 12 ta kosa va 12 ta salatnitsani saqlash uchun yetarli joy mavjud.
O‘ng tarafdagi alohida qoshiqdonda qoshiq, vilka va boshqa oshxona anjomlarini tartibli saqlash mumkin. Pastki qismida suv tomchilarini yig‘ish uchun patnis mavjud bo‘lib, oshxona stolining namlanishini kamaytirishga yordam beradi.
O‘lchami:


