🔷 uy, ofis, do‘kon yoki boshqa turdagi xonalarni tez, qulay va charchamasdan tozalash uchun mo‘ljallangan maishiy tozalash vositasi. Jamlanma tarkibida yumshoq, ammo zich sintetik tukli cho‘tka hamda tik turadigan, uzun sopli hokandoz mavjud. Ushbu to‘plam bilan polni supurish uchun egilishga hojat qolmaydi, bu esa tozalash jarayonini oson, qulay va gigiyenik qiladi.
🔷 Cho‘tka mustahkam plastik korpusga ega bo‘lib, uning tuklari chang, qum, hayvonlar junlari, mayda chiqindilar va boshqa axlatlarni samarali tarzda yig‘ib oladi. O‘rta qattiqlikdagi tuklar polga zarar yetkazmaydi, shu bilan birga chang va axlatni mukammal yig‘adi. Cho‘tkaning ergonomik shakli burchaklarni, mebel ostini va qiyin etiladigan joylarni onson supurishga yordam beradi.
🔷 Hokandoz chuqur shaklga ega bo‘lib, keng qirralari tufayli ko‘proq axlatni bir martada yig‘ib olish mumkin. Pastki cheti polga zich yopishadi, shu bois axlat qayta polga tushmaydi. Uzun sopi tufayli uni tik tutgan holda ishlatish qulay — egilish shart emas. Hokandoz mustahkam turadi, shu sababli jamlanmani xohlagan burchakda qo‘yish va saqlash oson. Cho‘tka hokandozga mahkamlanadi, bu esa joy tejashga yordam beradi.
🔷 Soplar mustahkam metall materialdan tayyorlangan bo‘lib, zanglamaydi ва bukilib ketmaydi. Uzunligi 73 sm bo‘lgan sop har qanday bo‘ydagi inson uchun juda qulay. Engil vazni tufayli uzoq vaqt davomida supurishda ham qo‘l va bel charchamaydi.
Ushbu tozalash jamlanmasi nafaqat uy sharoitida, balki ofislar, salonlar, o‘quv markazlari, do‘konlar ва boshqa jamoat joylarida professional ishlatish uchun ham mos keladi. Uning chidamli materiallari uzoq muddat xizmat qiladi, tozalash oson va tashqi ko‘rinishi ham zamonaviy.
🔷 Mahsulotning asosiy xususiyatlari:
✅ Uzun sop — 73 sm
✅ Zich va sifatli tukli cho‘tka
✅ Chuqur, tik turadigan hokandoz
✅ Polga zich yopishuvchi pastki qirrasi
✅ Yengil, mustahkam va uzoqqa chidamli konstruktsiya
✅ Cho‘tka hokandozga mahkamlanadi — joy tejaydi
✅ Uy va professional foydalanish uchun mos
🔷 Afzalliklari:
✅ Egilishga hojat yo‘q
✅ Katta va kichik xonalarni tez tozalash
✅ Mayda chiqindilarni ham to‘liq yig‘adi
✅ Pol qoplamasiga zarar yetkazmaydi
✅ Saqlash oson, ko‘p joy egallamaydi
Ushbu uzun sopli hokandoz va cho‘tka jamlanmasi har kuni tozalash jarayonini osonlashtiradi va har qanday joyda tartibni saqlashga yordam beradi.
55 000 so'm
65 000
3 895 so'm× 24 oy
16 dona xarid qilish mumkin
6 kishining savatida
Yetkazish
Indinga
Topshirish punktlariga yoki kuryer orqali
Olganda qoldirish mumkin
Bu bepul. Shunchaki tovar ko‘rinishini, qadoqni va yorliqlarni saqlab qo‘ying
Qaytarish va kafolat
Har qanday sababga ko‘ra qaytarish uchun 10 kun borFikringiz o‘zgarsa, tovarni Uzum Market topshirish punktiga olib keling. Tovarning sotuvga yaroqli ko‘rinishni va qadoqni saqlab qo‘ying
6 oylik kafolatAgar tovar bilan muammo yuzaga kelsa, pulini qaytaramiz