Uyni sifatli tozalash uchun mo'ljallangan miniatyur asboblar to'plami. Endi mayda qoldiqlarni, javonlardagi changni va stoldagi ushoqlarni tozalash ancha qulayroq bo'ladi.
Yupqa elastik tuklar
Cho'tkada har qanday ifloslanishni osonlikcha yengadigan ingichka elastik tuklar mavjud. Siz nafaqat chang va ifloslanishni, balki uy hayvonlarining tuklarini ham tozala olasiz. Cho'tka quruq va ho'l qoldiqlarni tozalashi ham mumkin.
Qulay xokandoz
Qulay ixcham xokandoz barcha axlatlarni mukammal tarzda to'playdi va ularni butun uyga tarqalishiga yo'l qo'ymaydi. Xokandoz o'lchami barcha to'plangan axlatlarni to'g'ridan-to'g'ri chelakka tashlashga va unlarni yerga to'kilamasligiga imkon beradi.
Miniatyur o'lchamlari
Ixcham o'lchamlari tufayli to'plam uydagi eng qiyin burchaklarni ham yaxshilab tozalashga imkon beradi. Katta hajmdagi tozalash aksessuarlarini olib tashlashingiz shart emas, shunchaki mini cho'tka bilan qoldiqlarni ushlang va tozalang va hamma narsani ixcham xokandozga soling.
Ushbu to'plam yordamida siz klaviatura, stol, eshiklar, javonlardagi bezak buyumlar, yoriqlar va to'siqlarni osongina tozalashingiz mumkin.
Ixcham saqlash
Tozalash to'plami miniatyur o'lchamga ega bo'lib, uni shkafdagi javonda, oshxonadagi tortmada yoki ilgakka osib qo'ygan holda, maxsus ajratilgan joyda saqlash imkonini beradi. Cho'tka ixcham ravishda xokandozga yig'iladi, shu sababli to'plamni saqlash minimal joyni egallaydi.

