«Golubaya yel» sun’iy yangi yil archasi — haqiqiy archaning chiroyi har bir shoxchasida!
Hashamatli «Golubaya yel» archasi bilan uyingizda yangi yil muhitini yarating! Hajmli ignachalari, shoxlarining tabiiy shakli va o‘ziga xos ko‘kimtir-yashil rangi haqiqiy moviy archaga juda o‘xshaydi. Hatto yaqindan qaraganda ham tabiiy ko‘rinadi va uyingizning eng chiroyli bezagiga aylanadi.
100% litoy (geliy) xvoyalar — haqiqiy archadek ko‘rinish.
Barcha shoxchalar litoy texnologiyasi asosida tayyorlangan, PVX umuman qo‘shilmagan. Har bir ignachasi tabiiy archa xvoyasining shakli va tuzilishini takrorlaydi. Mustahkam shoxchalar to‘kilmaydi, shaklini yaxshi saqlaydi va ko‘p yillar xizmat qiladi.
O‘ziga xos ko‘kimtir-yashil rang.
Archaning chiroyli rangi unga alohida ko‘rk bag‘ishlaydi. Kumushrang, oq, tillarang va klassik yangi yil o‘yinchoqlari bilan juda chiroyli mos tushadi.
Qalin va hajmli shoxlar.
Ko‘p sonli, tabiiy ko‘rinishdagi shoxchalar archaga qalin va ko‘rkam shakl beradi. Hatto kam bezak bilan ham juda hashamatli ko‘rinadi.
Archamizning haqiqiy rasmlari.
Kartochkadagi rasmlarni diqqat bilan ko‘rib chiqing! Barcha rasmlar o‘zimizning jamoamiz tomonidan olingan va archaning haqiqiy ko‘rinishini ko‘rsatadi. Siz rasmlarda ko‘rib turgan archaning aynan o‘zini olasiz — hech qanday farqsiz.
Girlyanda sovg‘a!
Archa xarid qilganingizda sizga girlyandani bepul sovg‘a qilamiz! Undan uyingizda chiroyli va bayramona muhit yaratish uchun foydalanishingiz mumkin. Bu sovg‘a do‘konimiz tomonidan har bir archa xaridoriga beriladi!
Ko‘p yillar davomida chiroyi va sifatini saqlaydi.
Mustahkam litoy shoxchalar archani qayta-qayta yig‘ib, ajratgandan keyin ham shaklini va chiroyli ko‘rinishini yaxshi saqlaydi. Archa sizni ko‘p yangi yil bayramlarida xursand qiladi.
Xarid qilishdan oldin bilib qo‘ying!
Archani yig‘ib bo‘lgandan keyin har bir mayda shoxchasini har xil tomonga va biroz tepaga qarab yaxshilab yoying. Shunda bo‘sh joylar to‘lib, archa yanada qalin va ko‘rkam ko‘rinadi.
«Golubaya yel» — tabiiy go‘zallik, yuqori sifat va haqiqiy yangi yil kayfiyatini qadrlaydiganlar uchun ajoyib tanlov!
O‘zingizga mos balandlikni tanlang va «Novogodnyaya lavka» do‘koni bilan uyingizda bayramona muhit yarating!

