Sun'iy tirnoqlar to'plami chiroyli va tartibli manikyur yaratishni istaganlar uchun qulay yechim hisoblanadi. Komplekt turli o'lchamdagi tirnoqlardan iborat bo'lib, ko'pchilik tirnoq o'lchamlariga mos keladi.
Mahsulotni qo'llash juda oson. Komplekt tarkibidagi kley yordamida tirnoqlarni bir necha daqiqada yopishtirish mumkin. Pilka esa tirnoq shaklini moslashtirish va yakuniy ishlov berish uchun xizmat qiladi.
Sun'iy tirnoqlar silliq yuzaga, yaltiroq qoplamaga va tabiiy ko'rinishga ega. Kundalik foydalanish, fotosessiya, bayram, to'y, tug'ilgan kun va boshqa tadbirlar uchun mos.
Mahsulot 2 xil dizaynda mavjud.
• Mahsulot turi: Sun'iy tirnoqlar
• Komplektda: Kley va pilka
• Turli o'lchamlar
• Oson yopishtiriladi
• Tabiiy va nafis ko'rinish
• Mustahkam material
• Qayta foydalanish mumkin (ehtiyotkorlik bilan yechilganda)
• Kundalik va bayram uchun mos
• Dizayni: 2 xil

